13:47 / 20.12.2017
7 020

Erkak janjal paytida onasining yonini olgan o’gay o’g’lini otib o’ldirdi

Erkak janjal paytida onasining yonini olgan o’gay o’g’lini otib o’ldirdi
Rostov oblastida yashovchi erkak oilaviy janjal payti turmush o’rtog’ining yonini olgan o’gay o’g’lini otib qo’ydi. Jinoyatchi qilmishi uchun 16 yil qamoq jazosiga mahkum qilingan.

Xabarda aytilishicha, 42 yoshli Anatoliy Lelekin bir necha yil avval noqonuniy yo’l bilan ov quroli egasiga aylangan va undan qirqma miltiq tayyorlagan. Oilaviy janjal sodir bo’lgan kuni esa mast holatdagi erkak ayoliga qurol bilan tahdid qila boshlagan.

“Ayolning 17 yoshli o’g’li janjal davomida onasining yonini olib, uni o’z tanasi bilan to’sgan va aynan shu paytda Lelekin miltiqni otib yuborgan. Yigit og’ir jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan va o’sha yerda vafot etgan” deydi tergovchilar.

Qotil jinoyat joyidan qochib, yashirinmoqchi bo’lganiga qaramay, politsiya xodimlari tomonidan qo’lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak janjal paytida onasining yonini olgan o’gay o’g’lini otib o’ldirdi