21:35 / 21.12.2017
10 408

Hindistonda jarrohlar uch oylik chaqaloqning qornidan egizagini tortib olishdi…

Hindistonda jarrohlar uch oylik chaqaloqning qornidan egizagini tortib olishdi…
Bunaqasini dunyo ahli juda kam ko‘rgan. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yashovchi er-xotin uch yashar chaqalog‘ining qorni haddan ziyod shishib ketgani sababli vrachlarga murojaat etishdi. Mahalliy vrachlar buning asl sababini topa olishmagach, Banarras universiteti gospitaliga borishdi.

Tekshirib ko‘rilgach, jarrohlarning o‘zi ham dahshatga tushib qoldi. Va zudlik bilan chaqaloqni jarrohlik amaliyoti stoliga yotqizishdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bola qornidan uning egizagi tortib olindi. Parazit egizakning vazni tortib olingandan so‘ng 900 gramm ekani aniqlandi.

Uch oylik chaqaloq esa ayni kunda sog‘ayish pallasiga kirdi. Yaqin orada uyiga ketish uchun ruxsat berilsa ham ajab emas.
Mutaxassislar bu holat qanday sodir bo‘lganini hozircha aniqlashmadi. Biroq shu narsani ta’kidlashdiki, yiliga dunyo bo‘yicha 200 ga yaqin xuddi shunday anomal holatlar kuzatilarkan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda jarrohlar uch oylik chaqaloqning qornidan egizagini tortib olishdi…