15:01 / 25.12.2017
6 039

Vashingtondan Seul tomon uchayotgan samolyot amerikalik ayol o’limi sabab Rossiyaga shoshilinch ravishda qo’ndi

Вашингтондан Сеул томон учаётган самолёт америкалик аёл ўлими сабаб Россияга шошилинч равишда қўнди
Korean Air aviakompaniyasiga tegishli Vashingtondan Seul tomon uchib ketayotgan “Boing 777” samolyoti xorij fuqarosining o’limi sabab shoshilinch ravishda Xabarovskka qo’ndi.

“Bizning shifokorlarimiz xorij mamlakati fuqarosi o’limini tasdiqladilar. U samolyot bortida yerga qo’nguncha bo’lgan vaqtda vafot etgan. Jasad qaytadan bortga joylanadi va samolyot yaqin vaqt ichida o’z yo’nalishi bo’yicha uchib ketadi” deydi politsiya xodimlari.

Favqulotda holatlar agentligi ma’lumotlariga ko’ra, o’lim hodisasi yurak yetishmovchiligi sabab yuzaga kelgan. Xabarda aytilishicha, marhum amerikalik ayoldir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vashingtondan Seul tomon uchayotgan samolyot amerikalik ayol o’limi sabab Rossiyaga shoshilinch ravishda qo’ndi