Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalaridan biri — Lotte Group asoschisi Sin Gyokxo 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Aqliy zaiflikka mubtalo bo‘lgan 95 yoshli Gyokxo va uning 3 nafar farzandiga nisbatan o‘tgan yili soliqlardan bo‘yin tovlash va firibgarlikda ayblov e’lon qilingandi.
Tergovga ko‘ra, Lotte Group asoschisi kompaniya hisob raqamlaridan kamida 128,6 milliard vonani (119 million dollar) yaqinlariga o‘tkazib bergan. Sud apellyatsiya ko‘rib chiqilgunga qadar uni salomatligi sabab ochiqlikda qoldirishga qaror qildi.
Gyokxoning o‘g‘li Donbin 20 oydan iborat shartli jazo oldi. Qizi Sin Yun-Ya ikki yil qamoq jazosiga hukm qilindi, katta o‘g‘li esa aybsiz deb topildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi