19:35 / 31.12.2017
7 176

Moskvadagi "Qizil maydon"da otishma sodir bo‘ldi

Москвадаги "Қизил майдон"да отишма содир бўлди
Moskva shahrida, Qizil maydondan 300 metr uzoqlikda joylashgan Nikolskiy ko‘chasida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Moskva shahar IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki kishi jarohatlangan. O‘q uzgan shaxs qidirilmoqda. Otishma haqida politsiyaga Moskva vaqti bilan soat 22:32 da xabar kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zaro janjal oqibatida noma’lum shaxs o‘q uzib, ikki kishini yarador qilgan. Otishmadan keyin u voqea joyidan yashiringan.

Manbaning xabar berishicha, voqea joyi yaqinida bar bo‘lgan, mastlik oqibatida janjal chiqqani taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi "Qizil maydon"da otishma sodir bo‘ldi