13:02 / 03.01.2018
5 231

Kim Chen In Janubiy Koreyaning taklifini qabul qildi

Kim Chen In Janubiy Koreyaning taklifini qabul qildi
Avvalroq, Janubiy Koreya davlat rahbariyati Shimoliy Koreya davlati bilan muzokaralarga kirishishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Shimoliy Koreya davlati rahbari Kim Chen In KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida uzoq muddatdan beri ishlamay kelayotgan "ishonch telefoni"ni tiklash to‘g‘risida buyruq berdi, deb xabar bermoqda ikki davlat o‘rtasidagi ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i.

“Renxap” axborot agentligining xabariga ko‘ra, bu aloqa tizimi bugundan ishlay boshlaydi. Bunda muhokama etilishi mumkin dastlabki masala, Shimoliy Koreyalik sportchilarning Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan qishki olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Kim Chen In Janubiy Koreya tomonidan ko‘rsatilayotgan, delegatsiyaning tinchligini ta’minlash borasidagi tashabbuslarni ham qo‘llab-quvvatlayotganini bildirgan.

Kecha, 2 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Milliy birlashish ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyun rasmiy Seul nomidan Pxenyanga munosabatlarni yaxshilash borasida uchrashish o‘tkazishni taklif qilgan edi. Shimoliy Koreya bir sutka sukut saqladi va “ishonch telefoni”ni ochish to‘g‘risida bayonot berdi.

Janubiy Koreyaning olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan shahri joylashgan Kanvonda viloyati ma’muriyati, Shimoliy Koreya sportchilarini o‘yinlarga yetkazib kelish uchun kruiz layneri bilan ta’minlashga va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Janubiy Koreyaning taklifini qabul qildi