14:59 / 03.01.2018
6 377

Moskva viloyatida pantera ukrainalik erkakni g’ajib tashladi

Moskva viloyatida pantera ukrainalik erkakni g’ajib tashladi
Moskva viloyatidagi xususiy hayvonot bog’laridan birida saqlanayotgan pantera jonivorlarni nazorat qilib turadigan Ukraina fuqarosini g’ajib tashladi. Olingan jarohatlar natijasida esa erkak yorug’ olamdan ko’z yumdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa erkak jonivorlarga ovqat berish uchun kelgan paytida sodir bo’lgan. Yirtqich erkakning qafas ichiga kirishini kutib turgan va unga tashlangan. Keyin esa qafasdan chiqib, qochib ketgan.

Aniqlanishicha, hayvonot bog’i mahalliy biznesmenlardan biriga tegishlidir. Qochib ketgan pantera esa ko’p o’tmasdan qaytarib tutib kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva viloyatida pantera ukrainalik erkakni g’ajib tashladi