15:39 / 05.01.2018
8 336

Putin Rossiya prezidentligiga qayta saylana olmasligi mumkin…

Putin Rossiya prezidentligiga qayta saylana olmasligi mumkin…
2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida amaldagi prezident Vladimir Putin nomzodini ko‘rsatish uchun imzolar yig‘ish boshlandi. Bu haqda «RIA Novosti»ga Xabarovskdagi «G‘alaba ko‘ngillilari» vakili Anastasiya Braga xabar bergan. Bu haqida «xabar.uz» yozmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, aynan Xabarovsk o‘lkasida bu jarayonga start berilgan va keyinchalik Rossiyaning boshqa hududlarida davom etyapti. Hozirda shaharning ikki savdo markazida imzolar yig‘ilmoqda.

28 dekabrda Rossiya markaziy saylov komissiyasi Putinni qo‘llab-quvvatlovchi guruhni rasman ro‘yxatga olgandi. Shundan so‘ng guruh imzo yig‘ish va amaldagi prezident nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi. Putin nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishi uchun kamida 300 ming kishi uni qo‘llab imzo chekishi lozim.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2018 yilning 18 martida bo‘lib o‘tadi. Saylov kompaniyasi 18 dekabrda boshlangan, nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 7 yanvariga qadar topshirilishi lozim. Bugun 5 yanvar ekanligini hisobga olsak, kerakli miqdorda imzo to‘plab, hujjatlarni markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishi uchun bor-yo‘g‘i ikki sutkadan kamroq vaqt qolmoqda. Agar bu ish vaqtida amalga oshmasa, Vladimir Putin nomzodi qabul qilinmasligi va tabiiyki, u prezident bo‘lib saylanmasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiya prezidentligiga qayta saylana olmasligi mumkin…