17:42 / 08.01.2018
6 676

Trampning kun tartibi qanday?

Trampning kun tartibi qanday?
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ishini vazifasiga kirishgan dastlabki vaqtlardagiga nisbatan kechroq boshlamoqda, deb xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp ko‘p vaqtini televizor ko‘rish, telefonlarga javob berish va Tvitterdagi sahifasida fikrlarini qoldirishga sarflaydi.

Hujjatlarga ko‘ra, Trampning odatiy ish kuni soat 11 da milliy xavfsizlik va razvedka ma’lumotlarini o‘rganishdan boshlanadi. Ertalabki soat 8 dan 11 gacha bo‘lgan vaqt “ma’muriy masalalarni hal qilish vaqti”, deb belgilangan bo‘lsada, Tramp o‘z qarorgohida bo‘ladi va televizor tomosha qiladi.

O‘zining Oval xonasida Tramp soat 18 gacha ishlaydi. Bu vaqt davomida u bir yoki ikkita uchrashuv o‘tkazadi yoki telefon orqali suhbatlashadi yoxud oshxonaga kirib televizor orqali yangiliklar dasturlarini tomosha qiladi. Ish vaqti tugaganidan keyin, Oq uy qarorghining yashash hududiga o‘tadi va yana televizor tomosha qiladi yoki telefon orqali suhbatlashadi.

Portalning ma’lum qilishicha, o‘z vazifasiga kirishgan dastlabki vaqtlarda o‘z ish kunini erta boshlab, kech yakunlagan. Nonushta vaqtida ham uchrashuvlar o‘tkazgan, razvedka ma’lumotlari bilan 10.30 gacha tanishib ulgurgan.
AQSh prezidenti Matbuot kotibi Sara Sanders bu xabarni izohlay turib, “prezident ertalab qarorgohda ham Oval xonada ham ish bilan band bo‘ladi, bu paytda u xodimlar, kongressmenlar, vazirlar va xorijiy davlatlarning rahbarlari bilan telefon orqali muloqotda bo‘ladi”, degan.

Portalning ma’lum qilishicha, AQShning 43 prezidenti kichik Jorj Bush odatda, Oval xonaga ertalab 06.45 da kelgan. Undan keyingi prezident Barak Obama esa, o‘z ishini ertalabki 9 dan 10 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning kun tartibi qanday?