18:22 / 12.01.2018
7 175

Olimlar Xeops piramidasining sirli xonasi ichida nima yashiringan bo’lishi mumkinligini tahmin qilmoqdalar

Olimlar Xeops piramidasining sirli xonasi ichida nima yashiringan bo’lishi mumkinligini tahmin qilmoqdalar
Xeops piramidasidan noyabr oyi boshida topilgan 30 metrli bo’shliq ichida taxt bo’lishi mumkin ekanligini tahmin qilinmoqda. Bu haqida italyan astrofizigi Julio Magli ta’kidlab o’tgan.

Maglining aytilishcha, ushbu bo’shliqqa qurilish chog’ida yo’l qo’yilgan xato sifatida qarash mumkin emas. Olim bunday yuzaning hosil qilinishida mifologik asos bo’lishi kerakligini qat’iy ravishda takrorlamoqda.

Xabarda aytilishicha, Qadimgi Misr matnlarida fir’avn o’limidan keyin taxtga o’tirib, osmon darvozalaridan o’tgancha yulduzlarga yetib olishi haqidagi so’zlar uchraydi. Magli topilgan bo’shliq ichida matnlarda tilga olingan taxt bo’lishi mumkinligini aytib o’tgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Xeops piramidasidan kosmik nurlar yordamida markaziy qismda joylashgan yashirin xona bor ekanligi aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Xeops piramidasining sirli xonasi ichida nima yashiringan bo’lishi mumkinligini tahmin qilmoqdalar