16:10 / 15.01.2018
5 626

Qozog’istonda sichqonlar bankomat ichidagi pullar bilan “tushlik qilishdi”

Qozog’istonda sichqonlar bankomat ichidagi pullar bilan “tushlik qilishdi”
Hodisa inkassatsiya paytida sodir bo’lgan, jarayon haqida ma’lum qilingan vidoerolikda esa bankomat ichidan topilgan sichqonlar aks etgan.

Videodagi kadrlarga qaraganda kemiruvchilar bu yerda o’zlarini juda qulay his etishgan.

Bank ham ushbu hodisaning haqiqatan sodir bo’lganligini qayd etdi.

“Rostan ham Ostonadan unchalik uzoq bo’lmagan yerdagi bankomatlarning birida, inkassatsiya jarayonida bir juft sichqon topilgan va aftidan ular ob-havo sharoitidan berkinish uchun joy qidirshgan. Ayni paytda hodisaga doir barcha tafsilotlarni o’rganyapmiz.
Kemiruvchilarga esa hech narsa tahdid qilmayapti” deydi bank xodimlaridan biri.

Sichqonlarning “tushligi” uchun sarflangan pullar miqdori aniq aytilmagan, ammo ayrim nashrlarda uning tahmiman 100 ming tanga atrofida ekanligi ma’lum qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog’istonda sichqonlar bankomat ichidagi pullar bilan “tushlik qilishdi”