20:05 / 15.01.2018
9 125

Olimlar: Taypanlar toifasidan bo’lmish ushbu ilonning bir chaqishida saqlanuvchi 3 gramm zahri 100 dan ortiq insonni o’ldirishga yetadi

Olimlar: Taypanlar toifasidan bo’lmish ushbu ilonning bir chaqishida saqlanuvchi 3 gramm zahri 100 dan ortiq insonni o’ldirishga yetadi
Taypanlar toifasidan bo’lmish Uiplash iloni eng zaharli ilonlar orasida rekordchiga aylandi: uning bir chaqishida saqlanuvchi 3 gramm zahri 100 dan ortiq insonni o’ldirishi mumkin.

Uiplash ilonining uzunligi 2 metrgacha yetadi va bir chaqishdagi zahri miqdori 3,1027 gramga teng. Bu taypanlar turiga tegishli boshqa ilonlar zahridan 2 barobar ko’p degani.

“Avstraliya ilonlar parki” rahbari Deniel Ramsi bu turdagi insonlar kutilmagan harakatlari va tasodifiy tajovuzlari bilan insonlarga xavf tug’dirishini aytib o’tgan.

“Balki bu dunyodagi eng zaharli inson emasdir va undan ham qo’rqinchiliroq ilonni topish mumkindir. Endilikda biz uning zahriga qarshi vosita yarata olamiz” deydi Rasmi.

Ma’lumot uchun, taypan – dunyodagi eng dahshatli va tajovuzkor ilonlardan biri bo’lib, u chaqqan har ikkinchi odam zaharga qarshi choralar qo’llanilishiga qaramay hayotdan ko’z yumadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: Taypanlar toifasidan bo’lmish ushbu ilonning bir chaqishida saqlanuvchi 3 gramm zahri 100 dan ortiq insonni o’ldirishga yetadi