22:02 / 15.01.2018
9 656

Dunyodagi "eng katta olmos" topildi

Дунёдаги "энг катта олмос" топилди
Afrikaning Lesoto qirolligiga tegishli konlardan birida tarixdagi eng katta olmoslardan biri topilgan. Bu olmosning og‘irligi 910 karatga teng.

Bu haqda Buyuk Britaniyaning olmos qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Gem Diamonds Ltd kompaniyasi ma’lum qilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, olmosning rangi D deb belgilangan va u IIa turiga mansub, deyilgan. Bu ushbu olmosda hech qanday yot jism yo‘q deganini anglatar ekan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Jenevadagi auksionda “dunyodagi eng chiroyli olmos” rekord miqdordagi narxga, ya’ni 34 million AQSh dollariga sotilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi "eng katta olmos" topildi