Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ AQShning Suriyadagi siyosatini tanqid qildi.
«AQSh PYD/YPG terrorchilarini (Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti) IShIDga qarshi kurash bahonasida qurollantirdi. Vashingtonning Suriyadagi yangi qadamlari strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadigan Turkiya bilan do‘stonalikni ifodalamaydi», - degan vazir o‘rinbosari.
«AQSh IShIDga qarshi kurashda Turkiya bilan emas, PYD/YPG terrorchilari bilan hamkorlik qilib, olov bilan o‘ynashmoqda. Ular terrorchilarga minglab yuk mashinalarida qurol-yarog‘ yetkazib berishdi. AQSh Suriya chegarasida xavfsizlikni ta’minlash niqobi ostida terrorchilar armiyasini tuzdi», - deya davom etgan u.
Bundan avvalroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakiliga asoslangan holda OAV Vashington Suriya chegaralarida 30 ming kishilik harbiy kontingent tashkil etayotgani haqida xabar tarqatgandi.
AQSh rejasiga ko‘ra, «chegara kuchlari»ning katta qismi YPG jangchilaridan tuziladi va Turkiya hamda Iroq bilan chegalarni nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi