14:28 / 16.01.2018
5 192

Hindistonlik ota farzandlari uchun yo’l qurishga kirishdi: Mahalliy hukumatning munosabati esa yanada ajoyib bo’ldi!

Hindistonlik ota farzandlari uchun yo’l qurishga kirishdi: Mahalliy hukumatning munosabati esa yanada ajoyib bo’ldi!
Hindistonning Oriss shtatida yashovchi 45 yoshli Jeylandxar Nayak uch nafar o’g’il farzandi ta’lim oladigan maktabdan 6 kilometr uzoqlikda istiqomat qiladi. Yo’l bolalarning ko’p vaqtini olib qo’yadi, shu sababli ota ular uchun qulay yo’l qurib berishga qaror qildi.

Mana ikki yildirki, Nayak har tong o’z asbob-anjomlarini olib, tepalik ustidan o’tkaziluvchi yo’lni qurish uchun ishga kirishadi va buning uchun har kuni 8 soat vaqtini sarflaydi. Erkak yerni tekislab, bolalarning uyga yetib olishlariga to’sqinlik qiladigan katta toshlarni olib tashlaydi. Nayak tabiat boyliklariga katta e’tibor qaratgani tufayli o’z ishlarini biror bir daraxtga ozor yetkazmagan holda amalga oshirmoqda.

“Farzandlarim tor va toshli yo’llardan yurishga qiynalishadi. Ularning qanday qoqinib yurishlarini ko’rganimdan so’ng, ular uchun yo’l qurishga qaror qildim” deydi g’amxo’r ota.

Mahalliy amaldorlar erkakning olib borayotgan ishlari ommaviy axborot vositalari orqali o’tgan yili yoritilgachgina undan xabar topishdi. Ular Nayak boshlagan yo’lni tugatib berish va unga bajarilgan ishlar uchun haq to’lashga ham va’da berishdi.

Xabarda aytilishicha, erkak bunday qaror uni haqiqatan baxtiyor qilganini aytib, amaldorlardan yana bir istagi borligi, qishloqqa elektr toki hamda suv ta’minoti yetkazib berishlarini iltimos qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik ota farzandlari uchun yo’l qurishga kirishdi: Mahalliy hukumatning munosabati esa yanada ajoyib bo’ldi!