Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani va tomonlar bir qancha kelishuvlarga erishgani haqida xabar bergan edik.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida Qozog‘iston 7,5 milliard dollarlik AQSh mahsulotlarini xarid qilishga tayyorligi to‘g‘risida bayonot berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Qozog‘istonga mahsulotlarning eksport qilinishi, mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin bo‘lishini ta’kidlagan.
Qozog‘iston prezidenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, Nazarboyevning AQShga tashrifi doirasida 20 dan ko‘p kelishuvlar imzolangan. Bu kelishuvlar investitsiya, savdo-iqtisodiy, aviatsiya va kosmik tadqiqotlar, nefteximiya va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorliklarni amalga oshirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, uchta hukumatlararo kelishuv: davlat havo kemalariga aeronavigatsion xizmatlar ko‘rsatishda to‘lovlar olmaslik, xalqaro soliq tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, Qozog‘iston hududidan tijoriy temir yo‘l transportini o‘tkazishni ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning bayonnomasidan iboratdir.
AQSh Davlat departamentining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashrif davomida Boeing, GE Transportation, GE Digital, Chevron, Air Astana, “Qozog‘iston yo‘lovchilarni tashish” va boshqa kompaniyalar o‘rtasida imzolangan kelishuvlar natijasida AQShda 7 mingta ish o‘rni saqlab qolinadi.
2016 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,9 milliard dollarni tashkil etgan, har ikki tomon ham bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish kerakligini ta’kidlashgan.
Shu bilan birga, Nursulton Nazarboyev AQSh ishbilarmonlarini Qozog‘istonda faoliyat yuritishga taklif qilgan. Shuningdek, AQSh fuqarolari uchun viza bekor qilinganini qayd etgan. Ayni vaqtda, mamlakatda 11 ta maxsus iqtisodiy va 22 ta industrial hududlar faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi