Avvalroq, Shimoliy Koreya yadroviy qurollar va raketalar sinovini o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Amerikalik yadroviy qurollar bilan shug‘ullanadigan olimlar Gans Kristens va Robert Norrislar KXDRning yadroviy qurollari salohiyatini hisoblab chiqishgan va bu haqdagi maqolani “Bulletin of Atomic Scientists” jurnalida chop etishgan.
Ular o‘z maqolasida, ochiq ma’lumotlarga asoslanib KXDRning qo‘llanishga tayyor bo‘lgan yadroviy kallaklari soni 20 tani tashkil etishi, yana 60 ta yadroviy kallak tayyorlashga salohiyati yetishini ma’lum qilgan.
Ekspertlar Shimoliy Koreya yadroviy qurollar va raketalar sinovini o‘tkazishda rivojlanishga erishganini ham tan olishgan.
Maqolada mualliflar, “Yadroviy qurollarning o‘tkazilgan oltita sinovidan ikkitasi o‘rtacha quvvatga ega bo‘lishiga qaramasdan, KXDR turli darajadagi yadroviy bombalarni yaratishga qodir. Hozirda Pxenyan o‘z yadroviy salohiyatini to‘liq ishga tushirmayotgani vaqt masalasi bilan bog‘liq”, deb ta’kidlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi