Avvalroq, Qozog‘istonda avtobus yo‘lovchilari bilan yonib ketgani, faqat 5 nafar yo‘lovchi tirik qolgani haqida xabar bergan edik.
Aqto‘be viloyati hokimi o‘rinbosari Serik Tulenbergenovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, tirik qolganlar yengil darajada kuyish jarohati olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchilari qozog‘istonlik bo‘lgan va ular tirik qolishgan.
“Qalampir.uz” nashri jurnalistlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bu voqea yuzasidan bog‘landi. Favqulodda vaziyatlar vazirligida bu fojia yuzasidan ishonch telefoni tashkil qilingan va qo‘ng‘iroqlar qabul qilinmoqda. Navbatchi Kamoliddin Islomovning ma’lum qilishicha, vaziyatga oydinlik kiritilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor guruh tashkil qilingan.
Mazkur tezkor guruh vakillari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada ekanligi ta’kidlandi. Bu tezkor guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma’lum qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi