16:51 / 18.01.2018
17 107

Nima sabab 52 kishi yonayotgan avtobusdan chiqishga harakat qilmadi? Sababi: «Yon eshiklar qulflangan bo‘lgan»

Nima sabab 52 kishi yonayotgan avtobusdan chiqishga harakat qilmadi? Sababi: «Yon eshiklar qulflangan bo‘lgan»
Qo‘shni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida bugun, 18 yanvar kuni yuz bergan avtobusdagi yong‘in natijasida 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Dastlabki taxminlardan biriga ko‘ra, avtobusga ortilgan katta miqdordagi yoqilg‘i yong‘inga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Vaziyatni o‘rganishga mas’ul muassasa xodimi Sinevning so‘zlariga ko‘ra, avtobusdagi yong‘inga simlarning qisqa tutashuvi, shuningdek, unga ortilgan katta miqdordagi yonilg‘i mahsuloti sabab bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida avtobusning nega qisqa vaqt ichida yonib tugaganini izohlaydi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimiga avtobus haydovchisi bergan ko‘rsatmada shunday deyiladi: “Men tutunning hidini sezdim va avtobusni to‘xtatdim. Avtobus to‘xtaganidan keyin eshikni ochdim va besh daqiqada avtobus yonib tugadi. Undan hech narsa qolmadi”.

Tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, qayta jihozlangan bo‘lishi mumkin, shu sabab olov ichida qolgan yo‘lovchilar tezda vaziyatni qo‘lga olishga ulgurmagan. Sinevning so‘zlariga ko‘ra, avtobus eshigi qulf bo‘lgan.

«Avtobus to‘xtatilgan, barcha haydovchilar avtobusdan tushishgan. Odamlar tashqariga chiqishga intilishgan, ammo yon eshiklar qulflangan bo‘lgan», – degan Sinev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nima sabab 52 kishi yonayotgan avtobusdan chiqishga harakat qilmadi? Sababi: «Yon eshiklar qulflangan bo‘lgan»