10:10 / 19.01.2018
5 452

AQSHlik politsiyachi chiqindi qutisiga tushib qolgan pitonni “asirlik”dan qutqardi

АҚШлик полициячи чиқинди қутисига тушиб қолган питонни “асирлик”дан қутқарди
AQSHning Nyu-Jersi shtatida faoliyat olib boradigan xodimlardan biri ahlat idishi ichida qandaydir noodatiy buyum borligini payqab qoldi va bir necha daqiqalar ichida buning singan akvarium ekanligi va uning ichida tirik piton borligini bildi.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya ofitseri Stiven Valexo quti “asiri”ni ozod etishga qaror qildi va avvallari ilonlar bilan to’qnash kelmaganiga qaramasdan professionallar kabi pitonni tutib, o’z mashinasiga soldi.

Endilikda ilon o’z sohibi uni izlab topguniga qadar ekzotik jonivorlar uchun mo’ljallangan qo’riqxonada saqlanadi. Egasi uni izlab topmagan taqdirda ham bu yerda chiqindi qutisidan ancha yaxshiroq sharoitda yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik politsiyachi chiqindi qutisiga tushib qolgan pitonni “asirlik”dan qutqardi