AQSh Davlat departamenti Turkiyani suriyalik kurdlarga qarshi qandaydir harakatlarni amalga oshirmaslik, balki IShID terrorchilari bilan kurashga bor e’tiborni qaratishga chaqirdi. Bu haqda idora rasmiy vakili Hezer Nauert ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
«Biz, albatta, bu ro‘y berishi yoki bermasligini bilmaymiz. Biz turklarni bunday harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz. U yerda barcha tomonlar IShID bilan kurashishini xohlaymiz», - deya aytib o‘tdi Nauert.
Shu bilan birga, uning ma’lum qilishicha, AQSh Suriyada «chegara xavfsizligi kuchlarini» tashkil etish niyatida emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqarani darg‘azab qilgan bu masala «noto‘g‘ri talqin etilgan». Nauertning so‘zlariga ko‘ra, kurdlarga yordamdan asosiy maqsad IShIDdan ozod etilgan tumanlarda xavfsizlikni ta’minlashdan iboratdir.
Nauert Anqarani aynan nima tashvishga solayotgani bo‘yicha savolga javob qaytarar ekan, bu borada turk tomoniga murojaat qilishni tavsiya etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya armiyasi oshirilgan jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi