Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi Omurbek Babanovni uning deputatlik vakolatlarini muddatdan avval topshirish haqidagi arizasi asosida deputatlik mandatidan mahrum etdi. Ushbu qaror bir ovozdan qabul qilingan.
Avvalroq Qirg‘iziston bosh prokuraturasi “Respublika — Ata Jurt” partiyasi yetakchisi Babanov va boshqa shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. Unga konstitutsion tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish va milliy, irqiy va diniy adovatni qo‘zg‘atishga chorlash ayblari qo‘yilmoqda. Gap Babanovning saylovoldi tashviqoti vaqtida O‘shdagi “Amir Temur” tumani aholisi bilan uchrashuvi haqida ketmoqda.
Babanov Qirg‘izistondagi prezident saylovlaridan keyin Qirg‘izistonni tark etgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u Karlovi Variga (Chexiya) davolanishga jo‘nagan, hozirda esa Moskvada qolmoqda.
Babanov jinoiy ta’qib qilina boshlagandan keyin siyosatdan ketishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi