09:32 / 20.01.2018
11 699

AQSh va Kanada osmonida o‘zga sayyoraliklarning havo kemalari ko‘zga tashlandi…

AQSh va Kanada osmonida o‘zga sayyoraliklarning havo kemalari ko‘zga tashlandi…
Ikki mamlakat ufologlari ham bir gapni takrorlab charchashmayapti. Bu uchar tovoqlar aniq o‘zga sayyoraliklarga tegishli va ular keyingi vaqtda Amerika va unga qo‘shni davlatlar osmonida tez-tez ko‘zga tashlanadigan bo‘ldi.

Ajablanarlisi, uchar tovoqlar turli manzillarda bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lgan. Ular uzoq muddat havoda muallaq holda turib qolgan. Shu narsa ko‘pchilik qiziquvchilar, jumladan, ufologlarga ham uchar tovoqlarni suratga olish uchun qulay imkoniyat tug‘dirdi.

— Gavay orollariga yo‘llangan ballistik raketalar ham xuddi o‘sha o‘zga sayyoraliklarga tegishli, — dedi ufologlardan biri. — Fikri ojizimizcha, bashoratchilarning gaplari to‘g‘riga o‘xshab qoldi. O‘zga sayyoraliklar insoniyatni o‘ziga bo‘ysundirish, hujumlar uyushtirib yer yuzini egallash harakatiga tushgan ko‘rinadi. Aks holda tez-tez uchar tovoqlarda tashrif buyurishmasdi…

Shu yil hisobidan ilk bor 12 yanvarda Amerikaning Orlando shahri osmonida metall rangida, disk ko‘rinishidagi uchar tovoq ko‘zga tashlangan. U ham ma’lum muddat havoda muallaq turib qolgan. Guvohlardan birining aytishicha, uchar tovoqning illyuminatorlari to‘g‘ri burchakli bo‘lib, ichkarisidan ikki nafar gumanoid qiyofasidagi kimsalar aniq ko‘rinib turgan. Aytishicha, u bilan gumanoidlar gaplashishgan ham. Suhbat telepatik usul yordamida amalga oshgan. Ammo guvoh na bu suhbatni, na o‘zining ism-familiyasini aytdi. Barchasi sir bo‘lib qolishini ma’qul ko‘rdi.

O‘zga sayyoraliklar kemasi ikkinchi marta 15 yanvar kuni Kanadaning Ontario viloyatiga qarashli Kornouoll shahri osmonida paydo bo‘ldi. O‘sha atrofda yashaydigan erkak farzandlari bilan uyi yonida turgandi. Uchar tovoqlarni ko‘rgani hamono darhol suratga olishga tushdi. Lekin guvoh osmondagi disksifat uchar jism o‘zga sayyoralikmi, harbiylar hiylasimi, yo boshqa narsami, bu haqda lom-mim deya olmayapti. Faqat achingani, o‘shanda smartfonida videoyozuv dasturini ishga tushirish yodiga kelmagan. Xuddi shu xatosi unga alam qilibdi.

Ufologlar taqdim etilgan barcha surat va videomateriallarni chuqur o‘rganib chiqib, disksimon uchar jismlar haqiqatan o‘zga sayyoraliklarga tegishli ekanini tan olishdi. Ular aytishdiki, o‘zga sayyoradan tashrif buyuruvchi gumanoidlar bundan buyon tez-tez yerga tashrif buyurib turishadi. Ishqilib, tinchlik bilan kelib ketaverishsin-da!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh va Kanada osmonida o‘zga sayyoraliklarning havo kemalari ko‘zga tashlandi…