20:07 / 20.01.2018
5 963

Hindistonlik ayol eri uni do’konga olib bormagani uchun o’z joniga qasd qildi

Hindistonlik ayol eri uni do’konga olib bormagani uchun o’z joniga qasd qildi
Hindistonning Laknau shahridan bo’lgan 23 yoshli Dipika Dvivedi turmush o’rtog’i uni harid qilishga olib bormagani uchun o’z joniga qasd qildi. Ayolning eri Dipakning so’zlariga qaraganda, Dipika qarindoshining bir oydan so’ng bo’ladigan to’yi uchun harid qilishga bormoqchi bo’lgan.

Dipak ishlari ko’p bo’lgani sabab do’konga borishni ertangi kunga ko’chirishni taklif qilgan.

Ayol Dipakdan shunchalar qattiq g’azablanganki, darhol yotoqxonaga qamalib olgan. Erkak esa mehmonxonada tunashga majbur bo’lgan. Yarim kechasi eshikni ochib kirganda esa rafiqasining jasadiga ko’z tushgan va darhol politsiyani chaqirgan.

Dipak mahalliy ta’lim departamentida faoliyat olib boradi va rafiqasi bilan 1 yil avval turmush qurgan. Politsiya ma’lumotlariga ko’ra, er-xotin o’rtasida bundan avval hech qanday katta janjallar sodir bo’lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik ayol eri uni do’konga olib bormagani uchun o’z joniga qasd qildi