06:33 / 21.01.2018
4 700

AQSh hukumatining faoliyati to‘xtadi

AQSh hukumatining faoliyati to‘xtadi
AQSh hukumatining vazirliklari o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Buning sababi, Senat hukumat faoliyatini to‘rt haftaga moliyalashtirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilmadi.

Senatdagi demokratik partiya vakillari bu rezolyutsiyani qabul qilishdan bosh tortishdi va buni qabul qilish uchun Donald Trampning nolegal muhojirlarning farzandlarini ham mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi dasturning bekor qilishini talab qilishdi.

Hukumatning moliyalashtirilishi to‘xtashi natijasida ikki million nafar davlat xizmatchisidan yarmi ishsiz bo‘lib qoladi. Agar vaziyatga dushanba kunigacha oydinlik kiritilmasa, bu xodimlar ishga chiqmasligi mumkin. Bundan faqat harbiylar va pochta xizmati xodimlari mustasno.

Noqonuniy muhojirlarning farzandlari Barak Obama ma’muriyati davrida qabul qilingan DACA dasturi asosida rasmiy maqomini olar edi. O‘tgan yilning sentyabr oyida Donald Tramp bu dasturni bekor qilgan va shu mazmundagi dastur ishlab chiqish uchun kongressga yarim yil muhlat bergan edi. Obama davrida qabul qilingan dasturning bekor qilinishi oqibatida 700 ming nafar muhojir mamlakatni tark etishi kerak.

AQSh hukumatining faoliyati 2013 yildan beri birinchi marta to‘xtatilmoqda. O‘shanda davlat byudjetinig o‘z vaqtida qabul qilinmagani natijasida davlat tashkilotlari 16 kun ishlamagan edi.

AQShda moliyaviy yil oktyabr oyida boshlanadi. 2017 yilning kuzida davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilinmadi. Shu sababli hukumat faoliyati bir necha haftaga mo‘ljallangan rezolyutsiya asosida moliyalashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh hukumatining faoliyati to‘xtadi