18:39 / 21.01.2018
6 685

Olimlar o’smirlik yoshi ko'rsatkichini 24 gacha uzaytirishni taklif qildilar

Olimlar o’smirlik yoshi ko'rsatkichini 24 gacha uzaytirishni taklif qildilar
Avvallari Yevropada o’smirlik payti 19 yoshgacha deb hisoblangan bo’lsa, bugungi kunda ushbu ko’rsatkich o’rtacha 24 yoshni ko’rsatib turibdi. Lancet tibbiyot jurnali mutaxassislari bu borada aynan shunday qarorga keldilar.

Ulg’ayish davriga o’tish yoshining uzaytirilishiga ijtimoiy sabablar asos bo’lmoqda. Bugungi kunda ko’plab mamlakatlarda, misol uchun Britaniyada yoshlarning tahsil olish jarayoni ko’proq davom etadi, ular avvalgiga nisbatan kechroq turmush qurib, farzand ko’rmoqdalar.

Shuningdek olimlar, inson tanasi 19 yoshdan keyin ham o’sish va o’zgarishda davom etishi, ushbu holat miyaga ham bevosita aloqador ekanligini aytib o’tgan. Insonlar orasida “aql” tishi 25 yoshda chiqadiganlari ham uchrab turadi.

Ushbu fikrga qarshilik bildirayotganlar esa bu borada qonuniy meyorlarning ko’rib chiqilishi yordam bermasligi, “yoshlarning yanada nomustaqil bo’lib qolishlariga” olib kelishini aytmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar o’smirlik yoshi ko'rsatkichini 24 gacha uzaytirishni taklif qildilar