Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov «Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha 2017 yilning 6 oktyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim ratifikatsiyasi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2017 yilning 21 dekabr kuni qabul qilingan. Undan ko‘zlangan maqsad – Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasi tumanida xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, tinchlik hamda barqarorlikni saqlash bo‘yicha o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdir.
Bitim mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, terrorizm hamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan kurash, yangi chaqiriqlar va tahdidlarga qarshi turish, shuningdek, davlat chegarasi orqali noqonuniy migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 10 kun o‘tib kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!