23:42 / 24.01.2018
9 684

Aqto‘be fojiasidan omon qolgan ikki hamyurtimizning taqdiri ne kechdi?

Aqto‘be fojiasidan omon qolgan ikki hamyurtimizning taqdiri ne kechdi?
O‘tgan hafta payshanba kuni ichida 57 kishi bo‘lgan avtobus Qozog‘iston viloyati Aqto‘be tumanidagi Samara-Shimkent trassasida yonib ketgan edi. Avtobus yo‘lovchilaridan 5 nafari omon qolgan bo‘lib qolganlari halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekanligidan esa xabaringiz bor albatta.

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan bu xabar har bir hamyurtimizning yurak-yuragigacha kirib bordi.

Ammo omon qolgan 2 nafar hamyurtimiz taqdiridan esa hech qanday xabar berilmadi. Bilganimiz ular davolanish uchun olib ketilgan va shok holatida. Omon qolganlar tergov qilinishi va voqea sabablari aniqlanishi haqida rasmiylar ma’lumot berib o‘tishdi.

Bizga kelgan ma’lumotlarga qaraganda, omon qolgan hamyurtlarimiz tergov doirasida Aqto‘beda qolishmoqda. Tergov ishlari yakunlangach ular yurtimizga qaytariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqto‘be fojiasidan omon qolgan ikki hamyurtimizning taqdiri ne kechdi?