07:30 / 26.01.2018
7 138

Aqto‘be fojiasiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchilari hibsga olindi

Aqto‘be fojiasiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchilari hibsga olindi
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi natijasida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu avtobusning haydovchilari bo‘lgan uch nafar haydovchi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz agentligi. Ular kecha, 24 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 22.40 da Aqto‘be viloyati IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Uchala haydovchi ham Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi bilan ayblanmoqda. IIB bergan bayonotida, “Surishtiruv davomida haydovchilar tomonidan avtomobil vositasini ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasdan, avtobus salonida kavsharlash lampasidan foydalanilgani sababli yong‘in kelib chiqqanligi aniqlandi. Olingan daliliy ma’lumotlar avtobusning uchala haydovchisi ham bu jinoyatga aloqador ekanligini tasdiqlaydi”, deyilgan.

Bu jinoiy ishi bo‘yicha olib boriladigan surishtiruv-tergov ishlari nazoratini Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z zimmasiga olgan.

Yong‘inda omon qolgan o‘zbekistonliklar ham tergov-surishtiruv ishlari davomida Qozog‘iston hududida qoladi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqto‘be fojiasiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchilari hibsga olindi