08:33 / 29.01.2018
5 647

Darg‘azab fil sayyohlar avtomobiliga hujum qildi (video)

Darg‘azab fil sayyohlar avtomobiliga hujum qildi (video)
Internetda Afrikada filning sayyohlar avtomobiliga hujum qilishi videosi paydo bo‘ldi. Rolik CGTN telekanali tomondan joylashtirilgan.

Rolikda avtomobil harakatlanayotgan yo‘lni fillar to‘dasi bolalari bilan kesib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Taxmin qilinishicha, fillardan biri mashinadagi odamlarni xavf sifatida qabul qilib, mashina ortidan quvlashga tushgan.

Fil mashinaga yetib olib, unga dandon tishi bilan zarba bera boshlaydi. Oqibatda fil tishini sindirib olib, ta’qibni yakunlashiga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlanishicha, voqea 20 yanvarda Botsvanadagi Chobe milliy bog‘ida yuz bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Darg‘azab fil sayyohlar avtomobiliga hujum qildi (video)