07:30 / 02.02.2018
5 349

Elon Mask 4 kun ichida 20 ming dona o‘tsochar sotib, 10 million dollar foyda ko‘rdi

Elon Mask 4 kun ichida 20 ming dona o‘tsochar sotib, 10 million dollar foyda ko‘rdi
Elon Maskning «The Boring» kompaniyasi atiga 4 kun ichida har biri 500 dollar turadigan 20 ming dona «The Boring Company Flamethrower» o‘tsocharni sotishga erishdi, deb yozadi Xabar.uz.

Asl vazifasi boshqa ish bo‘lgan burg‘ulash kompaniyasi qisqa vaqt ichida qancha daromad ko‘rganini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. 4 kunda — 10 million dollar.

Eslatib o‘tamiz, «The Boring Company» bundan oldin o‘z kepkalarining har birini 20 dollardan sotib 1 million dollar daromad ko‘rgandi.

«The Boring Company» 2017 yilning bahor faslida Los-Anjelesda birinchi tunnelni qurishga kirishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Maskning fikricha, shaharlar o‘rtasida avtomobilli maxsus telejkalar avtonom rejimda harakatlanishi mumkin bo‘lgan yerosti tunnellari tarmog‘ini barpo etish mumkin.

Mashinalar uchun o‘ziga xos metro bo‘lgan bu kabi platformalar tezligi soatiga 200 kilometrga yetishi mumkin.

Elon Mask bu kabi tunnellar magistrallarni bo‘shatish va tirbandliklarni kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Elon Mask 4 kun ichida 20 ming dona o‘tsochar sotib, 10 million dollar foyda ko‘rdi