20:53 / 02.02.2018
5 569

Oyparast erkak 8 qavatdan pastga qulab tushdi

Ойпараст эркак 8 қаватдан пастга қулаб тушди
Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi oyparast erkak tunda sayr qilib yurgan payti 8 qavat derazasidan pastga qulab tushdi va faqat mo’jiza tufayligina omon qoldi. 35 yoshli Rendi Fotiseyn 6 qavatdan keyin qurilish havozasi ustiga kelib tushgan, u yerdan esa erkakni qutqaruv xizmati olib ketgan.

Hodisa tonggi soat 5:00 atrofida bo’lib o’tgan va falokat natijasi erkakning oyog’i hamda qovurg’alari singan. Erkakning onasi uning anchadan buyon lunatizmdan aziyat chekishi va uning uchun juda qayg’urayotgani haqida aytib o’tdi. Zero, uning keyingi “sayri” o’lim bilan ham yakun topishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, erkak lunatizm sabab har kun uyqu dorini ichib uhlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oyparast erkak 8 qavatdan pastga qulab tushdi