Hindiston g‘arbidagi temir yo‘l stansiyasi xodimi ko‘pchilik yo‘lovchilar va boshqa ishchilar ko‘z o‘ngida o‘zini poyezd tagiga tashladi va omon qoldi. Uning bu harakati kameralarga tushib qoldi, deb yozadi Xabar.uz.
Kerla stansiyasiga poyezd kirib kelayotganida 42 yoshli Vishvas Bansode yugurib borib relslar orasiga yotib oldi. Yo‘lovchilar hayajondan qichqirib yuborishdi, uning shu tarzda o‘z joniga qasd qilishiga deyarli hammaning ishonchi komil edi. Ammo hech kim unga yordam bera olmadi, chunki poyezd juda yaqin kelib qolgandi. Poyezd o‘tib ketganidan keyin, hamma dahshatli holatni kutib turgan bir paytda, erkak xotirjam o‘rnidan turdi va chetga chiqdi.
Ushbu hodisani quyidagi havola orqali ko‘rish imkoniga egasiz.
Uni jiyani olib ketdi, keyinchalik Vishvas o‘sha paytda mast bo‘lgani aniqlandi. Hozirda unga nisbatan qanday chora ko‘rilishi ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi