Xitoyning shimoliy-g‘arbiy hududi hisoblangan Sinszyan provinsiyasida uyg‘ur musulmonlari hukumat tomonidan ta’qibga uchramoqda. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Xitoy hukumati tomonidan Uyg‘uristonda estrimizm va terrorizmning oldini olish maqsadida “Qayta o‘qitish kurslari” tashkil etilgan edi. Ushbu kurslarda asosan shubha uyg‘otuvchi harakatlarni amalga oshirgan musulmon-uyg‘urlar o‘qitilgan. Uyg‘urlarning norozilik bildirishi bilan bunday kurslar 2013 yilda rasman tugatilgan.
Uyg‘uristondagi Inson huquqlari vakiliga ko‘ra, bugungi kunga kelib ushbu mojaro yana davom etmoqda. Uyg‘uristonlik 120 ming musulmonlar Sinszyan provinsiyasidagi Koshg‘ar shahrida “siyosiy dushman” yoki “estrimist” sifatida og‘ir sharoitlarda tutib turilibdi.
Mahalliy uyg‘urlarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati Uyg‘uristonda “xitoylashtirish” siyosatini olib bormoqda.
Uyg‘ur faollari rasmiy hukumat 2013 yilda “Qayta o‘qitish kurslari”ni yopgan bo‘lsa-da, lekin musulmon uyg‘urlarning ko‘pchiligi xuddi shu kabi faoliyat olib boriladigan lagerlarda saqlanayotganini ta’kidlashmoqda.
Ular ba’zi uyg‘ur qishloqlarida erkak kishilar qolmagani, qishloqda faqat ayollar va bolalar yashayotgani hamda erkaklarning ko‘pchiligi “diniy estrimizm”da ayblanib o‘sha lagerlarga tashlanganini aytishgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Xitoyning Sinszyan provinsiyasida 10 mln dan ortiq musulmon uyg‘urlar yashaydi. Sinszyanning markazi Urumchida 2014, 2016 yillarda aholi va hukumat politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida ko‘plab kishilar halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi