Germaniyada o‘tkazilgan karnavaldan so‘ng 18 yoshli qiz oyoq kuyishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Voqea Germaniyaning Eppingen shahrida o‘tkazilgan karnavalda yuz berdi. Jodugarlar libosini kiyib olgan ikki kishi hazillashib, qizni ko‘targancha ichida suv qaynayotgan qozonga botirgan. Ulardan biri qizni ko‘tarib turgan, ikkinchisini esa uning oyoqlarini qaynoq suvga tiqqan.
Politsiyachilar ayni paytda jodugarlar libosini kiyib, mazkur jinoyatni amalga oshirgan noma’lum shaxslarni qidirmoqda. Ular ehtiyotsizlik tufayli inson sog‘ligiga ziyon yetkazishda ayblanmoqda. Qiz esa kasalxonada yotibdi. Shifokorlarning ma’lumot berishicha, u yana biror hafta davolanishi lozim.
«Fastnaxt» festivali — har yili Germaniyada o‘tkaziladigane karnavallardan biri hisoblanadi. Unda ishtirok etgan odamlardan ertak va afsonalardagi jodugarlarning, shaytonlarning, masxarabozlarning va boshqa qahramonlarning liboslarini kiyish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi