23:30 / 08.02.2018
5 861

Ozarboyjon prezidenti: "Biz Yerevanni qaytib olishimiz kerak"

Озарбойжон президенти: "Биз Ереванни қайтиб олишимиз керак"
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ozarboyjon xalqi Armaniston poytaxti Yerevanni o‘ziga “qaytib olishi” kerakligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligining xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

“Yerevan bizning tarixiy yer hisoblanadi va biz, ozarboyjonliklar bu yerlarni qaytarishimiz kerak. Bu bizning siyosiy va strategik maqsad. Biz unga sekin-asta yaqinlashishimiz kerak”, deb aytgan Aliyev “Yeni Azerbayjan” (Yangi Ozarboyjon) partiyasining 6-qurultoyida.

Aliyev yig‘ilganlarni “o‘z tarixiy yerlarini unutmaslikka” chaqirgan.

“Kelgusida bu faoliyatimizning yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Bizning tarixiy yerlar – Irevan xonligi, Zagazur, Gayche, buni yoshlarimiz ham, butun dunyo ham bilishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.

20-asr boshida Yerevanda deyarli teng miqdorda armanlar va ozarlar yashagan.

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida ancha yillardan beri Tog‘li Qorabog‘ uchun ziddiyat davom etib keladi.

Ozarboyjonda 11 aprelda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Aliyev o‘z partiyasidan saylovlarga nomzod sifatida taqdim qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarboyjon prezidenti: "Biz Yerevanni qaytib olishimiz kerak"