Internetda katta yo‘lbars akula va dengiz toshbaqasining olishuvi videosi paydo bo‘ldi. Video Daniel Braunning Instagram’dagi sahifasida joylashtirilgan, deb xabar qiladi Kun nashri.
“Bugun men, ehtimol, yovvoyi tabiatdagi eng qiziqarli hodisa guvohi bo‘ldim. Katta yo‘lbars akulasi dengiz toshbaqasini yemoqchi bo‘ldi. Keyingi yuz bergan holatdan og‘zim ochilib qoldi. Toshbaqa hujumga uchraganda akulani tishlab hamda kosasini qalqon sifatida qo‘llab qarshilik ko‘rsatdi”, deb izoh bergan foydalanuvchi rolikka.
Braun va uning do‘stlari olishuvni suv ostida olishga qaror qilishgan va bir necha kundan keyin yana bir videoni joylashtirishgan.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar bu olishuvda, albatta, kuchsizroq tomon – toshbaqa uchun jon kuydirishgan.
“Qanday jangchi!”, deb yozgan crysthefish niki ostidagi foydalanuvchi.
“Yo Tangrim! Men toshbaqa akula bilan bunday jasorat bilan olishishini tasavvur ham qilmagandim!”, deb izoh bergan foydalanuvchilardan yana biri.
“Bu toshbaqa shon-shuhrat medaliga loyiq!”, deb fikr bildirgan sabrina_velasco deb nomlangan foydalanuvchi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»