22:25 / 10.02.2018
5 465

Farrosh osmondan tushgan muz bo‘lagidan esankirab qoldi (video)

Farrosh osmondan tushgan muz bo‘lagidan esankirab qoldi (video)
Londonning ko‘chalaridan biriga osmondan muz bo‘lagi tushdi va yon-atrofdagi odamlarga shikast yetkazishiga bir baxya qoldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Voqea videoda qayd qilingan. Rolikda ko‘chada farroshni va yana bir necha kishini ko‘rish mumkin. Muz bo‘lagi farroshdan 2-3 metr chamasi nariroqqa katta kuch bilan tushib, parchalanib ketgan. Bunday kutilmagan holatdan farrosh cho‘chib, bir sakrab tushgan.

Sergey Meshkov nomli ushbu farrosh Richmond and Twickenham Times gazetasiga yuz bergan voqea haqida so‘zlab bergan.

“10 kg gacha keladigan muz bo‘lagi yo samolyotdan, yo osmondan tushdi. Bu juda tez sodir bo‘ldi. Men uncha qo‘rqmadim, biroq muz meni o‘ldirishi ham mumkin edi. Omadim keldi, deb o‘ylayman”, deb aytgan farrosh.

Voqeaning yana bir guvohi yuz bergan voqeani “dahshat” deb atagan.

“Bu falokat haqidagi filmga o‘xshab ketdi. Muz bo‘lagi go‘yoki meteorit tushgandek shovqin soldi. Ko‘chadagi farrosh bundan ko‘rqib ketdi. Hamma nima sodir bo‘layotganini ko‘rish uchun tashqariga yugurib chiqdi. Bu dahshat edi”, deb aytgan u.

Nashrning ta’kidlashicha, muz tushgan ko‘cha ustidan tez-tez samolyotlar uchib turadi. Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakili gohida samolyotlardan muz bo‘laklari tushib turishini, biroq bu holat biror meteorologik hodisa bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Farrosh osmondan tushgan muz bo‘lagidan esankirab qoldi (video)