Bobosi va buvisi bilan yashagan yaponiyalik qiz ular tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan. Muntazam tahqirlashlar oqibatida uning vazni 17 kilogrammgacha kamayib ketgan. Bu haqda jabrlanuvchining Twitter’dagi sahifasiga tayanib, Daryo nashri xabar bermoqda.
Qiz hayoti saqlanib qolingandan 10 yil o‘tib, o‘z tarixi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishga qaror qildi. Qizning qarindoshlari unga ovqatlanishni man qilgan va uning ovqatlanayotganligini ko‘rib qolsa, qorniga tepgan. Oqibatda yaponiyalik qiz juda ozib ketgan. Uning vazni atigi 16,8 kilogrammni tashkil etgan. Shifokorlar keyinroq unga vaziyatni daqiqalar hal etgani, uning vafot etishiga bir baxya qolganligini ma’lum qilgan.
Qizning aniq yoshi va ismi oshkor etilmagan. Hozirgi paytga kelib u sog‘lom vaznga erishganligi ta’kidlanadi. Jabrlanuvchining qarindoshlari jazolangan-jazolanmaganligi noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi