06:04 / 13.02.2018
3 555

AQSh vitse-prezidenti: «Biz KXDR bilan muzokaralarga tayyormiz»

AQSh vitse-prezidenti: «Biz KXDR bilan muzokaralarga tayyormiz»
Vashington Shimoliy Koreyaga bosimni davom ettiradi, ammo muzokaralar o‘tkazishga ham tayyor. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi.

«Biz yuqori bosimni davom ettiramiz, ammo muzokaralarga ham doimo tayyormiz», — deya ta’kidlagan Pens «Washington Post»ga bergan intervyusida. Undan: «KXDR sanksiyalardan qutulishi uchun qanday talablar bajarishi lozim?» — deya so‘rashganida: «Aniq bilmayman. Buning uchun muzokaralar o‘tkazish zarur», — deya ta’kidlagan.

AQSh har doim KXDR o‘z yadroviy va raketa dasturlarini to‘xtatishi kerakligini, shundan so‘nggina muzokaralarga o‘rin berilishi mumkinligini aytib keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh vitse-prezidenti: «Biz KXDR bilan muzokaralarga tayyormiz»