07:30 / 13.02.2018
5 757

Jahli chiqqan erkak farzandlarining ko‘z o‘ngida rafiqasini otib tashladi

Jahli chiqqan erkak farzandlarining ko‘z o‘ngida rafiqasini otib tashladi
Amerikaning Texas shtatida yashovchi fuqaroga uch nafar farzandi ko‘z o‘ngida rafiqasini o‘ldirish aybi e’lon qilindi, deb xabar berdi Darakchi.uz.

Mahalliy politsiyaning rasmiy vakili Jodi Silvaning so‘zlariga qaraganda, Daniel Martines va uning qonuniy rafiqasi Klaudiya Arriaga qattiq tortishib qolgan va janjal ko‘tarilgan. Erkak jahl ustida farzandlarining ko‘z o‘ngida to‘pponchasini chiqarib, rafiqasini otib tashlagan.

Ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Mojaroga nima sabab bo‘lganligi va ularning farzandlari necha yoshda ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahli chiqqan erkak farzandlarining ko‘z o‘ngida rafiqasini otib tashladi