Mixail Saakashvilining Facebook’dagi sahifasida uning Kiyevdagi restoranlardan birida ushlanishi videosi joylashtirildi.
Restorandagi kuzatuv videokameralari tomonidan olingan yozuvda maxsus xizmatlarning niqoblardagi xodimlari restoranga kirib, bir necha kishini polga yotqazganlarini ko‘rish mumkin. So‘ngra keyingi kadrlarda 4 kishi taxmin qilinishicha Saakashvilini ushlagancha, bir kishi esa sochidan tortqilagancha tashqariga olib chiqayotgani tasvirlangan.
Ushbu HAVOLAdagi videoga berilgan izohda Saakashvilini ushlagan odamlar uni aeroportgacha yo‘l bo‘yi yuziga mushtlaganlari, otib tashlash bilan tahdid qilganlari aytilgan.
Saakashvili 12 fevralda Ukraina davlat chegara xizmati tomonidan kuzda Ukrainaga noqonuniy kirgan hududi – Polshaga jo‘natib yuborilgan.
Polsha chegara xizmati Saakashvilining Varshavaga yetib kelganini tasdiqlagan. Saakashvili tarafdorlari Ukraina prezidenti ma’muriyati binosi yonida namoyish o‘tkazishgan.
Saakashvili Polshaga kelgach, ZIK telekanali efirida Ukrainaga qonuniy yo‘l bilan qaytishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi