16:10 / 14.02.2018
4 525

Qozog‘iston jahon baxt indeksida 7-o‘rinni egalladi

Qozog‘iston jahon baxt indeksida 7-o‘rinni egalladi
Gallup International mustaqil tadqiqot agentliklari Xalqaro uyushmasi tomonidan tuzib chiqilgan «Baxt indeksi»ga ko‘ra, Qozog‘iston 2017 yil yakunlari bo‘yicha 74 foiz punktlik baxt indeksi bilan 7-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari reytingda taqdim etilmagan. Reytingda hammasi bo‘lib jahondagi 55 davlat nomi zikr etilgan.

Eng baxtli odamlar Fiji orolida yashar ekan – 92 foiz punkti. Yetakchilar uchligida Kolumbiya (87) hamda Filippin (84) bor. Keyingi o‘rinlarda Meksika (82) va Vetnam (77) joy oldi.

Eron (5), Iroq (7) va Ukraina (8) aholisi o‘zini eng baxtsiz deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston jahon baxt indeksida 7-o‘rinni egalladi