23:20 / 14.02.2018
4 829

Ayol yukini hech kimga ishonmay, yuki bilan rentgen qurilmasi ichiga kirib ketdi (video)

Ayol yukini hech kimga ishonmay, yuki bilan rentgen qurilmasi ichiga kirib ketdi (video)
Xitoyning Guandun viloyatidagi Dunguan temir yo‘l stansiyasida ayol yo‘lovchi xavfsizlik xizmati xodimlariga o‘z yukini ishonmay, u bilan birga yuklarni tekshiruvchi rengtgen qurilmasi ichiga kirib ketgan. Ayol uning buyumlari qurilma ichidan o‘tayotganda yo‘qolib qolishi mumkinligidan xavotirlangan.

Ayol o‘z organizmini rentgen nurlanishga duchor qilmaslik haqidagi tavsiyalarga qaramasdan, o‘zinikida turib olib, yuki bilan birga rentgen qurilma ichidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.


Videoda ayolning rentgen qurilmasi ichiga kirishiga taraddudlanayotgani, sharpasi qurilma monitorida ko‘ringani va qurilmadan chiqib kelayotganini quyidagi [leech=blob:https://embed.life.ru/a1fd573b-9731-4871-b17c-ba6acd3f063b]HAVOLA[/leech] orqali ko‘rish mumkin. Taxmin qilinishicha, ayolning sumkasida yirik miqdorda pul bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol yukini hech kimga ishonmay, yuki bilan rentgen qurilmasi ichiga kirib ketdi (video)