23:58 / 15.02.2018
4 492

Florida janubidagi maktabda otishma yuz berdi, 17 kishi halok bo‘ldi

Florida janubidagi maktabda otishma yuz berdi, 17 kishi halok bo‘ldi
Florida janubidagi Parkland shahrida joylashgan maktablardan birida otishma yuz berdi. Mahalliy sherif bayonotiga ko‘ra, kamida 17 kishi halok bo‘ldi.

Ayrim OAVning ta’kidlashicha, jarohat olganlar soni 50 kishiga yetib qoldi. Ammo bu raqam rasman tasdiqlanganicha yo‘q. Maktab binosi oldiga politsiya va tez yordamning ko‘plab mashinalari yetib keldi. Hujum qilgan shaxs ushlandi. U mazkur maktabda ta’lim olgan, ammo ayrim muammolar tufayli maktabdan haydalgan 19 yoshli Nikolas Kruz bo‘lib chiqdi. 12 kishi maktab binosida, 3 kishi maktab hovlisida o‘ldirildi, 2 kishi esa shifoxonada vafot etdi.

Bundan avval, 14 fevral kuni Merilenddagi AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi qarorgohida ommaviy otishma yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi, gumondor hibsga olindi. Federal Tergov byurosining fikricha, hodisa terrorizm bilan bog‘liq emas. Hujum sabablari haqida ma’lumot tarqatilmadi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Florida janubidagi maktabda otishma yuz berdi, 17 kishi halok bo‘ldi