07:04 / 17.02.2018
4 977

Kurd ayoli turklarning BTRini portlatganini videoga oldi (video)

Kurd ayoli turklarning BTRini portlatganini videoga oldi (video)
Kurd jangchilarining ayollar otryadi a’zolaridan biri Turkiya qurolli kuchlarining ACV-15 bronetransportyorini tankka qarshi ishlatiladigan boshqaruv raketasi bilan yo‘q qilganini videoga oldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Voqea Suriyaning Afrin tumanida yuz bergan. BTRni yo‘q qilish uchun raketa yo‘llagan ayolning hayajon bilan uning nishonga urilishini kutganini, BTR portlagandan keyin hayrat bilan qichqirganini ushbu VIDEO da ko‘rish mumkin.

20 yanvardan beri Turkiya Suriyaning Afrin tumanidagi kurdlarga qarshi “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasini o‘tkazib kelmoqda. Kurdlarning o‘z-o‘zini himoya qiluvchi xalq otryadlarida erkaklar bilan bir safda ayollar ham jang qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kurd ayoli turklarning BTRini portlatganini videoga oldi (video)