10:33 / 17.02.2018
5 770

Qozog‘istonlik 10 yoshli bola Ramzon Qodirovning o‘g‘illarini jangga chorladi

Қозоғистонлик 10 ёшли бола Рамзон Қодировнинг ўғилларини жангга чорлади
Olmaotalik 10 yoshli Abay Tojiboy Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘illari Ahmad va Adam Qodirovdan MMA kamarlarini tortib olish uchun ularni jangga chorladi.

Bolaning otasi Almatning aytishicha, Abay dastlab kikboksing bilan shug‘ullangan. Aralash yakkakurash san’ati bilan esa Qodirovning o‘g‘illarini jangga chorlashga qaror qilgandan keyin qiziqa boshlagan.

“U kikboksing bilan 8 yoshidan boshlab shug‘ullanadi. U o‘shanda tengqurlari orasida chempion bo‘lgan, 2 yildan keyin esa 10 yoshli bolalar o‘rtasida shahar chempioni bo‘lgan. Bir yil avval “Axmat” klubining ligasida Qodirovning farzandlari MMAda o‘n yoshlilar uchun yagona professional kamarni qo‘lga kiritishgan janglar bo‘lib o‘tdi. Abay shundan keyin ularni jangga chorlash istagi bilan yona boshladi. Biz o‘shanda bunga ruxsat bermadik, chunki unda kurash malakalari yo‘q edi. Shundan keyin u kurash bilan shug‘ullana boshladi va endi jang qilishga tayyor”, deb aytmoqda bolaning otasi Almat.

Agar Qodirovning farzandlari rozilik berishsa, jang MMA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilmoqchi. Ta’kidlanishicha, Qodirovning o‘g‘illari Ahmad (10 yosh) va Adam (9 yosh) Abayga yosh bo‘yicha ham, vazn toifasi bo‘yicha ham mos keladilar.

“Ulardan qaysi biri rozi bo‘lishi ahamiyatsiz, muhimi kamarni qo‘lga kiritish. Fikrimcha, Abay jangga chorlashga haqli. Hozir biz Olmaotada yashaymiz va MMA bo‘yicha mashq qilamiz. Abay bilan bir nechta murabbiy ishlaydi”, deb aytdi bolaning otasi. Uning o‘zi ham sportchi bo‘lgan, hozirda kurash bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

“Yosh bola professional jangga chaqirayotgani birinchi marta yuz berayotgan bo‘lsa kerak. Ularning hammasi hozir bola. Biroq uchalovi uchun ham bu rivojlanish va mashq qilish uchun turtki bo‘ladi, shu sababli biz o‘g‘limizga buni taqiqlamaymiz. Bizda Qodirov bilan hech qanday aloqa yo‘q, shu sababli buni ommaviy tarzda e’lon qilishga qaror qildik. Bu Abayning istagi. U bolalarcha fikr yuritadi: “Qodirov adolatli, mag‘rur odam, u o‘z o‘g‘illariga “bosh tortmanglar” deydi va ular jangni qabul qiladilar”, deb ta’kidlab o‘tdi Almat.

“U jahon chempioni bo‘lishni istaydi. U Konor MakGregor, Gennadiy Golovkin muxlisi, Habib Nurmagomedovni juda hurmat qiladi. Bu uning orzusi, u juda tirishqoq”, deb qo‘shimcha qildi Almat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik 10 yoshli bola Ramzon Qodirovning o‘g‘illarini jangga chorladi