12:40 / 17.02.2018
5 308

Avstraliyada kenguru ovchidan "o‘ch oldi" (foto)

Австралияда кенгуру овчидан "ўч олди" (фото)
Avstraliya g‘arbida kenguru yosh ovchining jag‘ini sindirdi, deb yozadi Kun nashri.

19 yoshli ovchi Joshua Xaydenning aytishicha, u mashinadan kengurularni o‘qqa tutayotganda, kengurular uning mashinasiga hujum qilishgan. Kengurulardan biri mashina peshoynasiga sakrab chiqib olgan. U sakrash vaqtida ovchining jag‘iga tegib ketgan. Ovchi zarbadan hushini yo‘qotgan.

U 30 soniyacha behush bo‘lgan. O‘ziga kelgach esa uni mashina orqasida o‘tirgan ukasi urdi, deb o‘ylagan. Mahalliy shifoxonada yigitning jag‘i singani aniqlangan. Shifokorlar yigitning yuzi kuchli shishib ketgani sababli jarohatini 10 kundan keyingina operatsiya qila olishlarini ma’lum qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada kenguru ovchidan "o‘ch oldi" (foto)