OAV: A320 samolyoti bortida portlash tahdidi tufayli Floridaga shoshilinch qo‘ndi

  • Dunyo
  • 20-11-2015, 11:47
  • 857
  • Airbus A320 19 noyabr, payshanba kuni Fort-Lauderdeyl (Florida shtati) xalqaro aeroportiga shoshilinch ravishda qo‘ndi, deb xabar beradi «TASS».

    OAV: A320 samolyoti bortida portlash tahdidi tufayli Floridaga shoshilinch qo‘ndi

    Uning bortida 92 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. CBS-12 telekanalining ma’lum qilishicha, samolyotning kutilmaganda qo‘nishiga uning bortida portlash yuz berishi mumkinligi xavfi sabab bo‘lgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchilardan biri bomba portlashi mumkinligi haqida gapirgan.

    Samolyot terminallar uchun xavfsiz masofaga o‘tkazilgan. Sapyorlar guruhi bagaj bo‘limini tekshirmoqda.


    Manba: Daryo.uz

    Яндекс.Метрика