00:02 / 18.02.2018
4 832

Peterburgda patent bilan ishlash bo‘yicha o‘zbeklar va tojiklar yetakchilik qilmoqda

Peterburgda patent bilan ishlash bo‘yicha o‘zbeklar va tojiklar yetakchilik qilmoqda
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri 2017 yilda bu shaharga kelgan 350 ming muhojir uchun ish joyiga aylandi. Ulardan 230 mingi Rossiyada ishlash uchun patent olgan. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda Peterburgdagi patentlarning 93 foizi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga rasmiylashtirilgan. Ulardan ko‘pchiligi xizmatlar sohasida (29,9 foiz), qurilish (18,3) va ishlab chiqarishda (13 foiz), 10 foizdan kamrog‘i esa savdo, transport, mehmonxona va restoran bizneslarida ishga joylashgan.

“Muhojirlar asosan yordamchi ishchilar (55 foiz) sifatida ishga joylashadilar. 5 foizdan kamrog‘i haydovchi, oshpaz, sotuvchi, 1 foizdan kamrog‘i, bo‘yoqchi, yuk tashuvchi, armaturachi, g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi”, deyilgan xabarda.

2017 yilda Peterburgda patent asosida 230 ming muhojir ishlagani va shaharda patent narxi 3000 rublni tashkil qilgani hisobga olinsa, shahar byudjetiga 630 mln rubl yoki 12 mln dollar daromad kelib tushgan. 2018 yilda Rossiyaning ko‘plab sub’ektlarida patent narxi oshgan. Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida patent narxi hozirda 3500 rublni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda patent bilan ishlash bo‘yicha o‘zbeklar va tojiklar yetakchilik qilmoqda